Yoşlar işlari agentligi va Yoşlar ittifoqi yetakçilar uçun öquv-seminar ötkazdi
Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari uçun maxsus öquv-seminar taşkil etildi.
1 / 6
Yoşlar yetakçilari uçun maxsus öquv-seminar
Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari uçun maxsus öquv-seminar ötkazildi.
Seminar davomida davlat rahbarining yoşlar bilan oçiq muloqotida eʼlon qilingan yangi imkoniyatlar mazmuni hamda yoşlar uçun möljallangan ommabop loyihalar böyiça batafsil taqdimotlar taşkil etildi.
Taşkilotçilarning izohiga köra, öquv-seminardan közlangan asosiy maqsad yaratilayotgan şart-şaroitlar haqidagi maʼlumotni har bir talaba-yoşga yetkaziş hisoblanadi.