Poytaxt oliy taʼlim taşkilotlarining 70 dan ortiq Yoşlar yetakçisi respublika forumida qatnaşdi
2026-yil 9–11-oktabr kunlari Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Yoşlar oromgohida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi tomonidan “Oliy taʼlim yetakçilarining forumi” ötkazildi. Unda poytaxtdagi 70 dan ortiq Yoşlar yetakçisi qatnaşdi.
1 / 6Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi 2026-yil 9–11-oktabr kunlari Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Yoşlar oromgohida “Oliy taʼlim yetakçilarining forumi”ni ötkazdi. Forumda Toşkent şahridagi oliy taʼlim taşkilotlarining 70 dan ortiq Yoşlar yetakçisi iştirok etdi.
Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi rahbarlik qiladi. U boşlanğiç taşkilotning umumiy yiğilişida saylanadi hamda OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi; mahallalarda bu lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Uç kun davomida poytaxt vakillari respublikaning turli hududlaridan kelgan yetakçilar bilan tajriba almaşdi, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatidagi yondaşuvlar va amalga oşirilayotgan loyihalar bilan taniştirildi. Forum yetakçilarning bilim va könikmalarini oşiriş, oliy taʼlim taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratildi.
Forumda örnatilgan aloqalar kelgusida talaba-yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, sohaviy va brend loyihalarni birgalikda amalga oşiriş uçun asos böladi.








