Volontyorlik
- 7ta volontyorlik va xayriya tadbiri ötkazildi
- 1 287nafar nomzod “Universe” volontyorlar maktabiga ariza berdi
- 37nafar volontyor 4 bosqiçli saralovdan ötib, maktabda tahsil oldi
Volontyorlik yönalişlari
Ijtimoiy yordam
16 yoşdanKam taʼminlangan va köp bolali oilalar, yolğiz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarni qöllab-quvvatlaş.
Asosiy vazifalar
- Xayriya aksiyalarini taşkil etiş
- Sovğa va oziq-ovqat tarqatiş
- Bayram dasturlarini ötkaziş
Kengaş tajribasidan: “Mehrli yurak” xayriya aksiyasi — Taskin bolalar hospisi
Sizga mos yönalişni aniqlang
1-savol / 5
Qaysi iş sizga köproq yoqadi?
Volontyor böliş tartibi
- 1
Ariza beriş
Sahifadagi şakl orqali yönaliş va bandlik vaqtini körsatib ariza yuboriladi.
- 2
Suhbat
Kengaş mutaxassisi bilan suhbatda qiziqiş va imkoniyatlarga mos yönaliş belgilanadi.
- 3
Örgatuv
Volontyorlik asoslari va jamoada işlaş böyiça seminar-treningda iştirok etiladi.
- 4
Tadbirga biriktiriş
Volontyor tadbir yoki loyihaga biriktiriladi. Oyiga 20 soatdan ortiq bandlikda yozma şartnoma tuziladi.
- 5
Tavsiyanoma
Faol volontyorlarga volontyorlik faoliyati töğrisida tavsiyanoma beriladi.
Ariza beriş
Ariza Kengaşda körib çiqiladi. Volontyorlik faoliyatini 16 yoşga tölgan şaxslar amalga oşirişi mumkin; favqulodda vaziyatlar yönalişida faqat 18 yoşdan katta volontyorlar iştirok etadi.
Volontyorning huquq va majburiyatlari
Volontyor huquqlari
- Volontyorlik faoliyatida iştirok etişni erkin tanlaş va istalgan vaqtda tugatiş
- Volontyorlik faoliyati taşkilotçisi töğrisida işonçli axborot oliş
- Maxsus kiyim-boş oliş, yöl, yaşaş, ovqatlaniş va boşqa xarajatlar örnini qoplatiş
- Volontyorlik faoliyati taşkilotçisidan tavsiyanoma oliş
- Taşkilotçi mablağlari hisobidan hayot va soğliqni suğurta qildiriş
Volontyor majburiyatlari
- Topşiriqlarni vijdonan bajariş
- Fuqarolar va taşkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmaslik
- Volontyorlik davomida maʼlum bölgan maxfiy maʼlumotlarni oşkor etmaslik
- Berilgan moddiy resurslar va asbob-uskunalarni ehtiyot qiliş hamda qaytariş
“Volontyorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni (ÖRQ–585, 2019-yil 2-dekabr), 12-modda. Qonun matni — lex.uz
Kengaş volontyorlari faoliyatidan
Batafsil
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan maktab-internatga taşrif
ÖzMU boşlanğiç taşkiloti bolalarga sovğalar topşirdi, konsert va sahna körinişlari namoyiş etdi.

“Mehrli yurak” xayriya aksiyasi
Talaba-yoşlar bolalar uçun bayram dasturi taşkil etib, sovğalar topşirdi.

“Universe” volontyorlar maktabining oçilişi
Hokim örinbosari, Kengaş raisi va hamkorlar iştirokida; 37 rasmiy iştirokçi 2 oylik darslarni boşladi.

Taskin bolalar hospisida xayriya haşari
Hospis hududida ekologik boğ barpo etildi, bolalar uçun bayram dasturi va sovğalar.

Volontyorlik böyiça sardorlar uçun seminar-trening
“Imkon” yönalişi sardorlari taşabbusi bilan volontyorlik tuşunçalari va jamoa şakllantiriş böyiça trening.

“Yozni Kamalak bilan!” Onkologiya markazida
Blogerlar, faol yoşlar va volontyorlar iştirokida köngiloçar dastur va xayriya aksiyalari, bolalarga sovğalar.

“Yozni Kamalak bilan!” loyihasining starti
“Munozara”, “MultiQuiz”, “Çess Kingdom”, “Möjizaviy möyqalam” va seminar-treninglar ötkazildi.
