Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Bojxona institutida “Payşanba — Yoşlar kuni” doirasida “Yuksaliş sari intilgan yoşlar — Yangi Özbekistonning iftixori!” mavzusida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi. Tadbir Bojxona instituti va Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi hamkorligida taşkil etildi.
Uçraşuvni Bojxona instituti boşliği Mirʼazam Xamrayev oçdi. Tadbirda Bojxona qömitasi raisining maslahatçisi Umida Pirmuhamedova, institut professor-öqituvçilari, kursantlar hamda yoşlar taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti raisi Otabek Sobitov va rais örinbosari Husnora Axadova yoşlarning jamiyat hayotidagi faolligi, yetakçilik va taşabbuskorlik borasidagi tajribasi bilan örtoqlaşdi. Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatçisi Zilola Möydinova iqtisodiyot sohasidagi faoliyati haqida söz yuritdi.
2026-yilgi Osiyo öyinlarining oltin medal sohiblari Barnoxon Sayfullayeva va Suhrob Xodjayev sport faoliyati, musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni va erişilgan ğalabalar haqida söz yuritdi.
Uçraşuvda yoşlarda Vatanga muhabbat, milliy ğurur va masʼuliyat tuyğusini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir Bojxona instituti Aşula va raqs ansamblining vatanparvarlik ruhidagi çiqişlari bilan yakunlandi.