01Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişda ijtimoiy şeriklik
Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişda davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlovçi, “Yoşlar — kelajak bunyodkori” şiori ostida professional işlaydigan tuzilmaga aylaniş.
02Yoşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş
Yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaş, turli mafkuraviy tahdidlardan asraş.
03Demokratik islohotlarda yoşlar faolligini oşiriş
Demokratik islohotlarda yoşlar faolligini oşiriş, maʼnaviyati yuksak, mustaqil fikrlaydigan, el-yurt manfaati yölida bor kuçini safarbar qiladigan taşabbuskor yoşlar safini kengaytiriş.
04Yoşlarning kasb egallaşi va bandligiga kömaklaşiş
Yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi, bandligi, kiçik biznes va tadbirkorlikka jalb etilişi, intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişiga kömaklaşiş.
05Kitobxonlikni rivojlantiriş va yoşlar madaniyatini yuksaltiriş
Ilmiy va badiiy kitoblarni, jumladan elektron asarlarni öqişga qiziqişni oşiriş; huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot texnologiyalari madaniyatini yuksaltiriş orqali yot ğoyalarga qarşi immunitetni şakllantiriş.
06Soğlom turmuş tarzi va oila institutini mustahkamlaş
Soğlom turmuş tarzi va oila muqaddasligi ğoyalarini tarğib qiliş, erta turmuş quriş va yoş oilalar ajralişining oldini oliş.
07Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş
Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş: sport va jismoniy tarbiya, ijodiy tögaraklar, xorijiy tillar va boşqa öquv kurslariga keng jalb etiş.
08Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarni qöllab-quvvatlaş
Yoş oilalarni, imkoniyati çeklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarni maʼnaviy va moddiy qöllab-quvvatlaş, ular uçun munosib uy-joy va şaroit yaratiş.
09Yoşlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi
Yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va profilaktika işlarida faol iştirok etiş.
10Yoş rahbar kadrlar zaxirasini şakllantiriş
Bilimli, taşabbuskor, halol va fidoyi yoş rahbar kadrlarni tarbiyalaş, zaxirasini yaratiş va masʼul lavozimlarga tavsiya etiş.
11Yoşlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş
Yoşlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş.
12Yoşlar bilan işlaşda ğoyaviy-uslubiy yordam körsatiş
Davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlariga yoşlar bilan işlaşda ğoyaviy-uslubiy yordam beriş.