Abdujalil Xamidov hokimning yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
Xamidov Abdujalil Shavkatbek o‘g‘li hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xamidov Abdujalil Shavkatbek o‘g‘li hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2017–2022-yillarda esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan; Ustavga muvofiq hududlarda tashkilotning hududiy kengashlari faoliyat yuritadi.



