“Vatanparvar liderlar” loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi rahbarlari qatnashdi.
1 / 6
Loyihaning tantanali ochilish marosimi
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shermatov Farhodjon Ortiqovich hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov ishtirok etdi.
Tantanada, shuningdek, poytaxtdagi OTTlarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari va imkoniyati cheklangan yoshlar qatnashdi. Ochilish marosimidan so‘ng loyiha dasturining sinov bosqichlariga o‘tildi.