“Vatanparvar liderlar” loyihasi universitetga tashrif bilan boshlandi
10-yanvar kuni Toshkent shahridagi OTTlarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurdi va shu bilan “Vatanparvar liderlar” loyihasi start oldi.
1 / 6
Yoshlar yetakchilari harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida
Loyiha “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, uning birinchi kuni universitet bilan tanishuvdan boshlandi.
Tashrifda Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Kelgusi mashg‘ulotlar universitet hududida, belgilangan dastur asosida davom ettiriladi.