Loyiha Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi, 14-yanvar — Vatan himoyaçilari kuni va “Vatanparvarlik” oyligi doirasida ötkazildi. Harbiy-vatanparvarlik kvesti Kengaş hamda Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamkorligida uyuştirildi.
Dastur doirasida iştirokçilar universitet infratuzilmasi bilan tanişdi, oçiliş marosimida qatnaşdi hamda xavfsizlik böyiça yöriqnoma oldi. Şundan söng jamoalar örtasida harbiy-sport va harbiy-amaliy sinovlar ötkazildi:
- arqon tortiş
- harbiy estafeta
- toğ tayyorgarligi
- turnikka tortiniş
- piçoq uloqtiriş
- AK-74 va PM qurollarini qismlarga ajratiş va yiğiş
- otiş trenajyori
- 100 metrga suziş
Barça sinovlar harbiy instruktorlar nazoratida ötkazilib, belgilangan mezonlar asosida baholandi. Tadbir yakunida ğolib va sovrindor jamoalar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Loyiha jarayonlari va natijalari quyidagi manbalarda yoritildi:
- Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy sayti va Telegram kanali
- Özbekiston Milliy axborot agentligi — uza.uz
- Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining rasmiy sayti — tiiame.uz
- “Özbekiston 24”, “Mening yurtim”, “Yoşlar”, “Renessans”, “Madaniyat va maʼrifat” hamda “Nurafşon” telekanallari
- Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati
- Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining rasmiy kanali
- Özbekiston yoşlar ittifoqining rasmiy kanali
Bundan taşqari, loyiha Toşkent şahrida joylaşgan 90 dan ortiq OTTning rasmiy Instagram, Telegram, Facebook va YouTube sahifalarida yoritildi.