Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotini Yoşlar yetakçisi boşqaradi. U boşlanğiç taşkilot umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi; mahallalarda şu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Kengaş qamrovida 98 ta oliy taʼlim taşkiloti bölib, ular şaharning turli hududlarida joylaşgan. Yangi taşkiliy yondaşuv boşlanğiç taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalaniş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularning salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan.
Tizim doirasida 98 ta oliy taʼlim taşkiloti joylaşuvidan kelib çiqib 9 ta hududiy guruhga birlaştirildi. Tegişli hududdagi tayanç OTT ning yoşlar yetakçisi hududiy koordinator vazifasini bajaradi: u öziga biriktirilgan taşkilotlar yetakçilarining özaro hamkorligini muvofiqlaştiradi, istiqbolli taşabbuslarni birlaştiradi va qöşma loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşadi.
Hududiy koordinator etib quyidagi yoşlar yetakçilari belgilandi:
- Uçtepa va Çilonzor tumanlari — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti yoşlar yetakçisi Abdulaziz Abduraxmanov;
- Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlari — Toşkent gumanitar fanlar universiteti yoşlar yetakçisi Muxammadamin Nosirjonov;
- Mirobod tumani — Toşkent davlat transport universiteti yoşlar yetakçisi Alişer Eşmatov;
- Mirzo Uluğbek tumanidagi 19 ta oliy taʼlim taşkiloti — Geologiya fanlari universiteti yoşlar yetakçisi Uluğbek Töxtayev va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yoşlar yetakçisi Elbek Tursunkulov;
- Olmazor tumani — Özbekiston Milliy universiteti yoşlar yetakçisi Daler Safarov;
- Şayxontohur tumani — Toşkent kimyo-texnologiya instituti yoşlar yetakçisi Murodjon Böriyev;
- Yakkasaroy tumani — Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti yoşlar yetakçisi Surxonbek Xöjamurodov;
- Yaşnobod tumani — Toşkent şahridagi Adju universiteti yoşlar yetakçisi Abduazim Abduvoxidov;
- Yunusobod tumani — Toşkent davlat yuridik universiteti yoşlar yetakçisi Umarjon Sobirov.
Yangi institut faoliyatining ustuvor yönalişi oliy taʼlim taşkilotlaridagi eng salohiyatli, taşabbuskor va yetakçilik qobiliyatiga ega yoşlarni aniqlaş, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda yirik loyihalarga jalb etişdan iborat. Bunda taşkilotlarning ixtisoslaşuvi, ilmiy va intellektual salohiyatidan kelib çiqib, bir neça OTT hamkorligida amalga oşiriladigan brend loyihalar işlab çiqiladi.