Yoşlar yetakçilari Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi
10-fevral kuni Toşkent şahridagi OTTlarda faoliyat yuritayotgan Özbekiston yoşlar ittifoqi Yoşlar yetakçilari va koordinatorlari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi.
1 / 6Taşrif Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi taşkilotçiligida amalga oşirildi. İştirokçilar Markazning ekspozitsiya yönalişlari, muzey namoyişlari hamda ilmiy-maʼrifiy taşabbuslari bilan tanişdi.
Taşrifdan közlangan maqsad Uçinçi Renessansning ilmiy-maʼnaviy poydevorini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdan iborat böldi. Şuningdek, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantiriş borasidagi rolini oşiriş hamda allomalarning jahon tamadduniga qöşgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalaştiriş vazifalari mazmunini yoşlar orasida çuqurlaştiriş közda tutildi.
Markaz “Uçinçi Renessans — Yangi Özbekiston” ğoyasini targib qiluvçi, moddiy madaniy meros namunalari va islom dini bilan bağliq qadimiy anʼanalarni örganuvçi ilmiy-maʼrifiy maskan sifatida faoliyat yuritişi belgilangan. Majmua hududi 7,5 gektarni taşkil etadi, uç qavatli bino 161 metr uzunlik va 118 metr kenglikda loyihalaştirilgan. Markaziy qismda 65 metr balandlikdagi gumbaz, tört tomonda esa 34 metr balandlikdagi peştoqlar mavjud, Markaz kutubxonasi qariyb 300 örinli bölib, uning maydoni 3 105 kvadrat metrga teng.
İştirokçilar Markazdagi material va ekspozitsiyalar talaba-yoşlar ongida tarixiy xotira, milliy özlik va maʼrifiy dunyoqaraşni mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdi. Oliy taʼlim taşkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy işlarni taşkil etişda yangi ğoya va yondaşuvlar zarurligi taʼkidlandi.








