Ittifoq sardori Saidamirxon Rustamxöjayev qöşimça davlat granti sohibi böldi
Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar Ittifoq sardori Rustamxöjayev Saidamirxon Saʼdulla öğli imtiyozli qabul böyiça tavsiyanomaga sazovor bölib, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetiga qöşimça davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.

Maʼlumot uçun, imtiyoz Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori asosida taqdim etiladi. Tavsiyanomaga nomzodlarni saralaşda Yoşlar ittifoqi tizimida erişilgan yutuqlar, tizim rivojiga qöşilgan hissa, yetakçilik qobiliyati, taşabbuskorlik va fidoyilik hisobga olinadi; uşbu tartib asosida respublika böyiça har bir hududdan bir nafardan, jami 14 nafar faol yoş oliy taʼlim taşkilotlariga imtiyozli qabul uçun tavsiya etiladi.
Saidamirxon Rustamxöjayev 2024–2026-yillarda Toşkent şahar Ittifoq sardori sifatida faoliyat yuritdi. Şu davrda u yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, turli loyiha va tadbirlarni taşkil etiş hamda yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirişga hissa qöşdi.
Tavsiyanoma asosida u Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti talabasi böldi. Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi uni erişilgan natija bilan tabrikladi.



