Kamolxon Xojixonov “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli 99310-harbiy qism boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Xojixonov Kamolxon Jamolxon o‘g‘li “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nishon Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan topshirildi. Kamolxon Xojixonov ayni paytda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli 99310-harbiy qism boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
U Mudofaa vazirligi tizimidagi yosh harbiy xizmatchilarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish borasida faoliyat olib boradi. Xojixonov harbiy xizmatchilar farzandlari uchun ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ham amalga oshirib kelmoqda.
U “Eng ilg‘or Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi”, “Zakovat” hamda “Ajdodlar izidan” tanlovlarida yuqori natijalarga erishgan. Ma’lumot uchun, “Zakovat” intellektual o‘yinini ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish chora-tadbirlari Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan belgilangan bo‘lib, qarorga muvofiq oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida hamda hududiy Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.



