Nishon Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan topshirildi. Mirshod Sobitov ayni paytda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
U “Eng yaxshi turizm loyihasi” tanlovining g‘olibi bo‘lgan va “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasida e’tirof etilgan. Shuningdek, “Munozara” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, “Munozara” intellektual debat turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Har bir jamoa 3 nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, turnir esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida boradi.