Azizbek Ochilboyev “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i Ochilboyev Azizbek Baxodirjon o‘g‘li “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nishon Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan topshirildi. Ayni paytda Azizbek Ochilboyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi.
Ochilboyev Azizbek Baxodirjon o‘g‘li ko‘p yil davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. U yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishga hissa qo‘shgan.



