Ma’rufjon Dilmurodov “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti yoshlar yetakchisi Dilmurodov Ma’rufjon Elmurodovich “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nishon Toshkent shahar hokimining tavsiyasiga asosan topshirildi. Ma’rufjon Dilmurodov ayni paytda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
U farmatsevtika, farmakologiya, farmakovigilans, dorivor o‘simliklar hamda sun’iy intellektning farmatsevtikada qo‘llanilishi yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boradi va 13 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezis muallifi hisoblanadi.
Uning “EctoProteZ” innovatsion loyihasi “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lib, 123 million so‘mlik davlat grantini qo‘lga kiritgan. “Doc Soap” loyihasi esa C.A.T Science Accelerator dasturida 100 million so‘mlik grantga sazovor bo‘lgan.



