Yoshlar yetakchilari harbiy universitet xonalari va muzeyi bilan tanishdi
“Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasida Yoshlar yetakchilari O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining o‘quv mashg‘ulot xonalari hamda muzeyi bilan tanishdi.
1 / 6
Universitet muzeyidagi tarixiy eksponatlar bilan tanishuv
Tanishuv loyiha dasturining birinchi qismiga kiritilgan edi. Unda loyiha ishtirokchilari bo‘lgan Yoshlar yetakchilari qatnashdi, ularga universitetda harbiy ta’lim jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatildi.
O‘quv mashg‘ulot xonalaridan so‘ng ishtirokchilar universitet muzeyi bilan tanishdi. Muzeyda ularga tarixiy eksponatlar hamda milliy armiyaning rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi.