Yoshlar ittifoqi suvni tejashga qaratilgan ekologik tashabbusni boshladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yangi avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida suvni tejashga qaratilgan tashabbusni boshladi. Loyihaning alohida sahifasi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yangi avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida suvni tejashga qaratilgan tashabbusni boshladi. Tashabbus doirasida kundalik odatlar, jumladan, tish yuvayotganda suv kranini o‘chirish orqali suv sarfini kamaytirish targ‘ib etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan va mamlakat bo‘yicha hududiy kengashlar hamda boshlang‘ich tashkilotlar orqali faoliyat yuritadi.
Tashabbusning maqsadlari quyidagicha belgilangan:
- yoshlar o‘rtasida suvni tejash madaniyatini keng yoyish;
- suv resurslariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish;
- har bir yigit-qizni ekologik o‘zgarishlar elchisiga aylantirish.
Loyihaning alohida sahifasi https://www.instagram.com/suvniasra/ manzilida yo‘lga qo‘yilgan.



