Poytaxt yetakçilari uçun TMIIda taniştiruv ekskursiyasi ötkazildi
Toşkent menejment va iqtisodiyot institutida yoşlar yetakçilari hamda koordinatorlar uçun taniştiruv ekskursiyasi taşkil etildi. İştirokçilar institutdagi zamonaviy şart-şaroitlar va amaliy imkoniyatlar bilan tanişdi.
1 / 6Ekskursiya dasturi doirasida institutda yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim jarayoni uçun yölga qöyilgan innovatsion yondaşuvlar hamda talabalarning bilim va könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilayotgan imkoniyatlar namoyiş etildi.
Taniştiruv nuqtalaridan biri Jalinga media studiyasi böldi. Studiyada talabalar video darslar, podkastlar, intervyular hamda ijodiy loyihalar tayyorlaş imkoniyatiga ega, u professional yoritiş uskunalari, ovoz yoziş tizimi va montaj uçun maxsus jihozlar bilan taʼminlangan.
İştirokçilar institutning Axborot-resurs markazi faoliyati bilan ham tanişdi. Kutubxona kitob fondi, elektron resurslar bazasi hamda öquv zonalariga ega, bu yerda zamonaviy kompyuterlar va yuqori tezlikdagi internet tarmoği orqali elektron platformalardan foydalaniş yölga qöyilgan.
Ekskursiya davomida institutning laboratoriya xonalari körsatildi. Zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan laboratoriyalar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlaş, interaktiv maşğulotlar orqali kasbiy könikmalarni rivojlantiriş imkonini beradi.
Tadbir yakunida iştirokçilar institutdagi taʼlim sifati, innovatsion yondaşuvlar va talabalarga yaratilgan muhit haqida fikr bildirdi. Taşkilotçilar maʼlum qilişiça, bunday taniştiruv ekskursiyalari yoşlar bilan işlaşda hamkorlikni kuçaytiriş, taʼlim taşkilotlari salohiyatini tarğib etiş hamda yoşlar yetakçilarining taşabbuskorligini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.








