Kengash raisi Milliy universitet Yoshlar kengashi a’zolari bilan uchrashdi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
1 / 6Uchrashuv Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidagi boshlang‘ich tashkilotda bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot qoshidagi Yoshlar kengashi a’zolari qatnashdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ustavga ko‘ra tashkilotning boshqaruv organlari Qurultoy, Markaziy Kengash, Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi hamda Markaziy taftish komissiyasidan iborat, hududiy kengashlar va tashkilotlarda esa boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritadi.








