Kengash yurtdoshlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtdoshlarni tabrikladi.
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Tabrik Kengash jamoasi nomidan bildirildi. Unda Vatan himoyachilarining yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan xizmatlari tufayli yurt tinch, xalq hayoti osuda ekani qayd etildi.
Murojaatda o‘zining hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan, mas’uliyatli vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik bildirildi.