Iqtisodiyot universitetida talabalarga brendlangan stakanlar tarqatildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasining targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.
1 / 5Aksiya O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida o‘tkazildi. U “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasining targ‘iboti doirasida uyushtirildi.
Aksiya jarayonida talabalar o‘rtasida suvga bo‘lgan e’tibor va ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida maxsus brendlangan stakanlar tarqatildi.
Tashabbuschilarning qayd etishicha, bu stakanlardan foydalanish talabalarni suvni tejash, isrofgarchilikka chek qo‘yish va ekologik mas’uliyatni kundalik turmush tarziga singdirishga undaydi. Loyiha suvni tejashning oddiy usullarini keng jamoatchilikka ko‘rsatishga qaratilgan.







