“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etayotgan, mamlakat taraqqiyoti hamda uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan yoshlarga beriladigan yuksak mukofotlardan biri hisoblanadi.
Nishon ta’sis etilganidan buyon bugungi kunga qadar jami 1 260 nafar yosh ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan. Taqdirlanganlar o‘rtasida Toshkent shahrida yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat yurituvchi vakillar ham bor:
- Boborajabov Bahodir Nasriddin o‘g‘li — Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori;
- Dilmurodov Ma’rufjon Elmurodovich — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti yoshlar yetakchisi;
- Sobitov Mirshod Isoqjon o‘g‘li — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yoshlar yetakchisi;
- Xojixonov Kamolxon Jamolxon o‘g‘li — Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli 99310-harbiy qism boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi.
Ularning yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari va harbiy jamoalarda yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish borasidagi faoliyati e’tirof etildi.