Yoshlar Press klubida OTT yoshlar yetakchilari uchun seminar-trening o‘tkaziladi
2026-yil 27-fevral kuni soat 09:00 da Yoshlar Press klubida oliy ta’lim tashkilotlaridagi yoshlar yetakchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

2026-yil 27-fevral kuni soat 09:00 da Yoshlar Press klubida oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun seminar-trening o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, OTTda Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi; u boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Seminar-trening davomida yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatlari, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xorijiy tillarni ommalashtirish hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi amalga oshirayotgan loyihalar bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Tadbir doirasida ochiq muloqot, tavsiyalar berish va tajriba almashish uchun ham imkoniyat yaratiladi.



