Harbiy-vatanparvarlik kvesti qur’a tashlash bilan boshlandi
“Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasida Yoshlar yetakchilari o‘rtasidagi harbiy-vatanparvarlik kvestining qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi va jamoalar birinchi sinovlarga kirishdi.
1 / 6
Kvest ishtirokchilari arqon tortish bellashuvida
Qur’a tashlash marosimi bellashuv boshlanishidan oldin o‘tkazilib, unda jamoalarning chiqish tartibi belgilandi. Kvestda poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlarining Yoshlar yetakchilari qatnashdi.
Shundan so‘ng jamoalar kvestning birinchi sinovlariga kirishdi. Birinchi bosqichda arqon tortish va harbiy estafeta musobaqalari o‘tkazildi, ishtirokchilar shu sinovlarda kuch sinadi.