Navbahor mahallasida deputat harbiy litsey yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-yil 7-aprel kuni Navbahor mahallasida Toshkent shahar Kengashi deputati Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna tashabbusi bilan mahalla faollari va harbiy litsey yoshlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
1 / 5
Navbahor mahallasidagi ochiq muloqot ishtirokchilari
Ochiq muloqot 26-Qozirabod saylov okrugiga qarashli Navbahor mahallasida o‘tkazildi. Uni falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Toshkent shahar Kengashi deputati Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna tashkil etdi.
Muloqotda mahalla faollari, mahalla yettiligi a’zolari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi yoshlari ishtirok etdi.