Yoşlar Press klubida OTT yoşlar yetakçilari uçun öquv-seminar ötkazildi
2026-yil 27-fevral kuni Yoşlar Press klubida Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim taşkilotlaridagi yoşlar yetakçilari uçun maxsus öquv-seminar taşkil etildi.
1 / 6
Yoşlar Press klubidagi öquv-seminar
2026-yil 27-fevral kuni Yoşlar Press klubida oliy taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari uçun maxsus öquv-seminar bölib ötdi.
Maşğulot Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan birgalikda taşkil etildi.
Öquv-seminarga poytaxtdagi OTTlarning boşlanğiç taşkilotlariga boşçilik qilayotgan yetakçilar jalb etildi.