Faol yoşlarga imtiyozli qabul tavsiyanomalarini beriş tanlovining şahar bosqiçi ötkazildi
Özbekiston yoşlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim taşkilotlariga imtiyozli qabul qiliş yuzasidan tavsiyanomalar beriş tanlovining Toşkent şahar hududiy bosqiçi 2026-yil 24-aprel kuni ötkazildi.
1 / 6Özbekiston yoşlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim taşkilotlariga imtiyozli qabul qiliş yuzasidan tavsiyanomalar beriş tanlovining Toşkent şahar hududiy bosqiçi 2026-yil 24-aprel kuni ötkazildi. Bosqiçda poytaxtdagi boşlanğiç taşkilotlar safida faoliyat yuritayotgan yoşlar iştirok etdi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ittifoq ustaviga köra uning oliy organi Qurultoy, doimiy faoliyat yurituvçi organlari esa Markaziy Kengaş, Markaziy Kengaş Ijroiya qömitasi va Markaziy taftiş komissiyasi hisoblanadi. Hududiy kengaşlar hamda taşkilotlardagi boşlanğiç taşkilotlar ittifoq tuzilmasining quyi böğinini taşkil etadi.








