O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida 2026-yil 16-may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashkil etgan “Yangi avlod yetakchilari maktabi” loyihasining beshinchi o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Olimov ishtirokida tashkil etildi. Unda yoshlar yetakchilari uchun sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi. U boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va oliy ta’lim tashkiloti rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.