“Yangi avlod yetakçilari” maktabining 4-öquv seminari TMIIda ötkazildi
2026-yil 14-fevral kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi taşabbusi bilan “Yangi avlod yetakçilari” maktabining 4-öquv seminari Toşkent menejment va iqtisodiyot institutida bölib ötdi.
1 / 6Maşğulot yoşlar yetakçilarining şaxsiy va kasbiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy liderlik könikmalarini mustahkamlaş hamda jamoatçilik bilan işlaş va kommunikatsiya madaniyatini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida ötkazildi. Tadbirda oliy taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilari, koordinatorlar va loyiha iştirokçilari qatnaşdi.
Seminar doirasida şaxsiy brend böyiça ekspert Salay Matkarimov “Yoşlar yetakçisi uçun şaxsiy brendni şakllantiriş strategiyalari” mavzusida interaktiv sessiya ötkazdi. Unda şaxsiy imij va professional reputatsiyani şakllantiriş, maqsadli auditoriyani aniqlaş, tizimli muloqot örnatiş, jamoada va omma oldida çiqiş qiliş hamda yetakçilik faoliyatida işonç va taʼsir doirasini kengaytiriş böyiça amaliy tavsiyalar berildi. İştirokçilar real misollar asosida maşqlar bajardi va öz tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Bloger va bankir Xojimurod Tojiboyev “Zamonaviy yetakçilikda iş faoliyati va media vositalaridan samarali foydalaniş” mavzusida maʼruza qildi. Unda raqamli maydonda şaxsiy va professional faoliyatni uyğun rivojlantiriş, media platformalarda pozitsiya egallaş, kontent rejalaştiriş va auditoriya bilan işlaş hamda jamoatçilik bilan muloqotning zamonaviy mexanizmlarini qöllaş yönalişlari yoritildi. İştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar böyiça amaliy tavsiyalar oldi.
Tadbir yakunida Toşkent menejment va iqtisodiyot instituti rahbariyati seminar iştirokçilariga esdalik sovğalarini topşirdi. Kengaş maktab doirasida yoşlar yetakçilarining bilim va könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan öquv seminarlarini tizimli davom ettirişni rejalaştirgan.








