Mudofaa universitetida kursantlar uchun axborot savodxonligiga oid tadbir o‘tkazildi
4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida kursantlar uchun “Soxta axborotlarga qarshi immunitet” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
1 / 6
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavha
Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati rahbari Ilhom Marupov ishtirok etdi. Tadbir “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida universitet kursantlariga mo‘ljallab o‘tkazildi.