Kengash ijtimoiy tarmoqlarda eng faol oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi poytaxtdagi boshlang‘ich tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini tahlil qildi va eng faol oliy ta’lim tashkilotlarining TOP-10 ro‘yxatini taqdim etdi.
1 / 2O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi tahlil qilindi. Tahlil natijasida eng faol oliy ta’lim tashkilotlarining TOP-10 ro‘yxati e’lon qilindi.
Reyting Yoshlar yetakchilari va Yoshlar Kengashlarining axborot yoritilishi, tashabbuslarni keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlar hayotidagi jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam namoyon etib borish bo‘yicha faolligini baholashga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, 2017-yil 30-iyunda tuzilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ustaviga ko‘ra hududiy kengashlar hamda tashkilotlarda faoliyat yurituvchi boshlang‘ich tashkilotlar ittifoq tuzilmasining quyi bo‘g‘ini hisoblanadi, oliy organ esa Qurultoy bo‘ladi.




