Yoshlar ittifoqi vatandoshlarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vatandoshlarga tabrik yo‘lladi va Vatan yo‘lida xizmat qilgan qahramonlar xotirasini yod etdi.
Xotira va qadrlash kuni tabrigi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vatandoshlarga tabrik yo‘lladi.
Tabrikda bu sana mardlik, fidoyilik va qahramonlik ramzi ekani, u o‘z jonini Vatan ozodligi hamda farovonligi uchun baxshida etgan yurtdoshlarni ulug‘lash va ularning nomini abadiylashtirish kuni ekani qayd etildi. Shuningdek, Vatan tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilgan qahramonlar xotirasi doimo e’zozlanishi ta’kidlandi.