Harbiy-vatanparvarlik kvesti ğoliblari aniqlandi va taqdirlandi
“Vatanparvar liderlar” loyihasi doirasidagi harbiy-vatanparvarlik kvesti natijalari eʼlon qilindi. Birinçi örinni “Matonat” jamoasi qölga kiritdi.
1 / 6
Kvest ğoliblari taqdirlandi
Bellaşuv yakunida kvestda iştirok etgan Yoşlar yetakçilari taqdirlandi. Jamoalar örtasidagi yakuniy natijalar quyidagiça belgilandi:
1-örin — “Matonat” jamoasi
2-örin — “Jasorat” jamoasi
3-örin — “Qalqon” jamoasi
4-örin — “Vatanparvarlar” jamoasi
Loyihaning ötkazilişiga taşkilotçilar, Özbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Yoşlar yetakçilari hissa qöşdi. Ularga tadbir yakunida minnatdorçilik bildirildi.