“Vatanparvar” öquv-sport texnika klubida navbatdagi “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi
2026-yil 23-aprel kuni “Vatanparvar” taşkilotining Yaşnobod öquv-sport texnika klubida navbatdagi “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri bölib ötdi.
1 / 6Tadbir 2026-yil 23-aprel kuni “Vatanparvar” taşkilotining Yaşnobod öquv-sport texnika klubida, Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi hamda “Vatanparvar” taşkiloti Toşkent şahar Kengaşi hamkorligida ötkazildi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti 1991-yil noyabr oyida, avvalgi DOSAAF tuzilmasi negizida tuzilgan. Uning vazifalari aholini, avvalo yoşlarni mudofaaga tayyorlaş, texnik va amaliy sport turlarini rivojlantiriş, ommaviy texnik kasblar böyiça tayyorgarlikdan ötkaziş hamda yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaşda davlat organlariga kömaklaşişdan iborat.
Tadbir “Oçiq eşiklar kuni” formatida, “Qalqon” yönalişi doirasida ötkazildi.








