Kengaş boşlanğiç taşkilotlar bilan kengaytirilgan yiğiliş ötkazadi
Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi 2026-yil 7-oktabr kuni oliy taʼlim taşkilotlaridagi boşlanğiç taşkilotlar iştirokida kengaytirilgan yiğiliş ötkazadi. Yiğilişda 2026–2027-öquv yilidagi ustuvor maqsad va vazifalar belgilanadi.

Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi. U boşlanğiç taşkilotning umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahallalarda şu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Yiğiliş kun tartibiga boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini takomillaştiriş hamda yoşlar bilan işlaş sifatini oşiriş masalalari kiritilgan. Yiğilişda öquv yili davomida boşlanğiç taşkilotlar oldida turgan ustuvor maqsad va vazifalar belgilanadi.



