O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilingan va shu hujjat bilan davlatning oliy ramzlaridan biri tasdiqlangan.
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bundan 34 yil muqaddam — 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilindi. Tarixiy hujjatga muvofiq mustaqil davlatning oliy ramzlaridan biri — Davlat gerbi tasdiqlandi.
Gerb ko‘p asrlik milliy tajriba va an’analarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Uning yaratuvchilari ramzda o‘zbek xalqining tarixi, qadriyatlari, ma’naviyati, turmush tarzi, orzu-umidlari hamda mamlakat tabiatini aks ettirishga harakat qilgan.