Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlanmoqda
9-fevral — shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlanadigan sana.
9-fevral — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi
Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g‘azallar bitgan, uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiqni tashkil etadi.
Mir Alisher Navoiy umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lidagi bunyodkorlik hamda xayr-saxovat ishlariga ham bag‘ishlagan. U o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at hamda adabiyot homiysi bo‘lgan.
Shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi sifatida tanilgan Navoiy tavalludining 585 yilligi 9-fevral kuni nishonlanadi.