2026-yil 9-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh — hozirgi Shahrisabz shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan. U sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, me’mor va notiq sifatida tanilgan.
Davlat arbobining hayot yo‘li va adolat tamoyiliga asoslangan boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun o‘rnak hisoblanadi. Uning tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan yurtimizda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.