Ziyo Forumda yoşlarga 17 ta barqaror rivojlaniş maqsadi taniştirildi
13-avgust kuni Ziyo Forum yoşlar markazida “Barqaror rivojlaniş maqsadlari yoşlar nigohida” mavzusida seminar-trening ötkazildi; unda poytaxt yoşlari iştirok etdi.
1 / 6Seminar-trening Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ziyo Forum” hamkorligida uyuştirildi.
Iştirokçilarga BMT tomonidan 2030-yilgaça amalga oşiriliş belgilangan 17 ta Barqaror rivojlaniş maqsadi haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, mazkur maqsadlarning Özbekiston taraqqiyotidagi ahamiyati va ularga erişişda yoşlarning örni yoritildi.
Yoşlar öz hududi va jamiyatidagi dolzarb masalalarni barqaror rivojlaniş maqsadlari bilan bağliq holda tahlil qildi, yangi taşabbus va amaliy yeçimlar yuzasidan fikr almaşdi. Seminar doirasida interaktiv hamda sovrinli quizlar ötkazilib, faol va bilimdon iştirokçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.








