Kengash va IIV departamenti hamkorligida ma’naviyat-ma’rifat soati o‘tkazildi
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi va Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash departamenti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari — yurt tayanchi” mavzusida ma’naviyat-ma’rifat soati tashkil etildi.
1 / 5Ma’lumot uchun, 30-iyunning Yoshlar kuni sifatida belgilanish tashabbusi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan 2017-yil 30-iyundagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida qo‘llab-quvvatlangan edi.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yosh avlodning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritdi.







