O‘zbek tili bayrami kuni har yili 21-oktabr kuni nishonlanadi
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989-yilning shu kunida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan, 2020-yilda esa bu sana O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

1989-yilning 21-oktabr kuni mamlakatimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilaydigan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi va ona tili o‘z qonuniy maqomi hamda himoyasiga ega bo‘ldi.
2020-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Unga asosan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi poytaxt yoshlarini O‘zbek tili bayrami bilan qutladi.



