Hisobotda Kengashning yil davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yo‘nalishlar kesimida keltirilgan. Ko‘rsatkichlar ta’lim, intellektual faoliyat, sport va ijod sohalarini qamrab oladi:
- 250 ta loyiha va tadbir o‘tkazilib, 261 ming yosh qamrab olindi
- ta’lim va intellekt yo‘nalishida 457 ta tadbir tashkil etilib, 323 ming yosh jalb qilindi
- sport va ijod doirasida 67 ta loyiha o‘tkazilib, 79 ming yosh ishtirok etdi
- 19 ta tashkilot bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
- faoliyat ommaviy axborot vositalarida yoritilib, 48 ta telelavha efirga uzatildi
Yil davomidagi natijalardan biri sifatida “Munozara” intellektual debat turnirining respublika bosqichida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, “Munozara” intellektual debat turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Har bir jamoa uch nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, bellashuv esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida boradi.
Hisobotda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat kelgusida ham izchil davom ettirilishi ko‘rsatilgan.