Yarim yillik yakunlari böyiça 20 nafar Yoşlar yetakçisi röyxati eʼlon qilindi
2025–2026-öquv yilining birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça oliy taʼlim taşkilotlarining 20 nafar Yoşlar yetakçisi röyxati eʼlon qilindi.
Reyting 2025–2026-öquv yilining birinçi yarim yilligi yakunlari böyiça tuzildi
Röyxat Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan taqdim etildi. Reytingga oliy taʼlim taşkilotlari boşlanğiç taşkilotlarining Yoşlar yetakçilari kiritilib, baholaş öquv yilining birinçi yarim yilligi faoliyat yakunlari asosida ötkazildi.
Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi. U boşlanğiç taşkilotning umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahallalarda esa bu lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.