Ziyo Forum yoşlar markazida “Möjizalar laboratoriyasi” tadbiri ötkaziladi
Ziyo Forum yoşlar markazida 28-oktabr kuni soat 14:00 da kimyo va biologiya fanlariga oid tajribalar namoyiş etiladigan “Möjizalar laboratoriyasi” ilmiy-maʼrifiy tadbiri böladi.

Ziyo Forum yoşlar markazida “Möjizalar laboratoriyasi” ilmiy-maʼrifiy tadbiri ötkaziladi. Tadbir davomida iştirokçilar kimyo va biologiya fanlariga oid tajribalar, kimyoviy hamda biologik jarayonlar va kundalik hayotda uçraydigan tabiat hodisalarining ilmiy asoslari bilan tanişadi.
Tadbirda spiker sifatida tabiiy fanlar va biologiya yönalişida 17 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz Jalolova Muattarxon Mamatxonovna qatnaşadi.
Sana: 28-oktabr, soat 14:00. Manzil: Ziyo Forum yoşlar markazi. Tadbir özbek tilida ötkaziladi. Röyxatdan ötiş @ziyoforumbot orqali amalga oşiriladi.



