“Vatanparvar” taşkilotida yoşlar uçun “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi
Olmazor tumanidagi “Vatanparvar” taşkilotida “Vatanparvar taşkiloti — mening tanlovim” şiori ostida yoşlar iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri böldi.
1 / 6Olmazor tumanidagi “Vatanparvar” taşkilotida yoşlar iştirokida “Vatanparvar taşkiloti — mening tanlovim” şiori ostida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ötkazildi. Tadbir doirasida rahbar va yoşlar uçraşuvi taşkil etilib, oçiq muloqot davomida yoşlarning fikr va takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Maʼlumot uçun, töliq nomi Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti bölgan tuzilma 1991-yil noyabr oyida, avvalgi DOSAAF negizida tuzilgan. Uning vazifalari sirasiga aholini, avvalo yoşlarni mudofaaga tayyorlaş, texnik va amaliy sport turlarini rivojlantiriş, ommaviy texnik kasblar böyiça tayyorgarlikdan ötkaziş hamda yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaşda davlat organlariga kömaklaşiş kiradi.








