“Zakovat” viktorinasining so‘nggi finalchisi Alisher Abduvoyitov aniqlandi
“Zakovat” viktorinasida taqdim etilgan 62-savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘llagan Alisher Abduvoyitov final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

“Zakovat” viktorinasida taqdim etilgan 62-savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri va to‘liq javobni Alisher Abduvoyitov yo‘lladi. Shu natija bilan u viktorinaning final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
Viktorina savollariga to‘g‘ri javob berib g‘olib bo‘lgan jami 50 nafar bilimdon tez orada final bosqichida kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan “Zakovat” o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish chora-tadbirlari belgilangan. Qarorga muvofiq oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida hamda hududiy Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, respublika bosqichi g‘oliblari bo‘lgan talabalarga esa 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab “Zakovat” stipendiyasi to‘lanadi.



