“YUTRIP” jamoasi 12–13-avgust kunlari tungi sayohat uyuştiradi
Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi qoşidagi “YUTRIP” içki va taşqi turizm jamoasi 12–13-avgust kunlari yulduzlar yomğirini kuzatiş va quyoş çiqişini qarşi oliş sayohatini taşkil etadi.

Yiğiliş Amir Temur metro bekati yonidagi “Özbekiston” mehmonxonasi oldida, soat 19:30 dan 20:00 gaça belgilangan. Guruh 12-avgust keçqurun yölga çiqadi va 13-avgust tongigaça sayohatda böladi.
Dastur yulduzlar yomğirini kuzatiş hamda quyoş çiqişini qarşi oliş bosqiçlaridan iborat. Sayohat davomida mafia, UNO va karaoke öyinlari ötkaziladi, gulxan oldida marşmello, issiq çoy va qahva taklif etiladi. Guruhga malakali gid hamrohlik qiladi, qatnov komfort transfer orqali taşkil etiladi.
Sayohat narxi 249 000 söm etib belgilangan. Narx içiga transfer, gid xizmati, öyinlar, marşmello hamda issiq içimliklar kiradi; şaxsiy xarajat va ovqatlaniş narxga kirmaydi. Töliq maʼlumot va röyxatdan ötiş “YUTRIP” jamoasining Telegram kanali orqali amalga oşiriladi.



