“WikiSfera” yozgi oromgohiga 120 dan ortiq ishtirokchi saralab olinadi
O‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirishga qaratilgan “WikiSfera” yozgi oromgohiga qabul boshlandi. Arizalar 2026-yil 20-maydan 20-iyunga qadar maxsus bot orqali qabul qilinadi.
“WikiSfera” yozgi oromgohiga nomzodlar qabuli boshlandi
Oromgoh o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida tashkil etiladi. U “Garri Potter” filmlari ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilarga o‘ziga xos muhit taqdim etadi.
Loyiha doirasida 120 nafardan ortiq ishtirokchi saralab olinadi. Dastur davomida yoshlar uchun turli o‘quv seminarlari, shuningdek, intellektual va jamoaviy o‘yinlar o‘tkazilish rejalashtirilgan.
Ishtirok shartlari quyidagicha belgilangan:
arizalar 2026-yil 20-maydan 20-iyunga qadar qabul qilinadi
nomzodlar @WikiTanlov_bot orqali ariza topshiradi
ishtirokchilar tanlov bosqichlari asosida saralanadi
yo‘llanma olish tartibi “WikiSfera II” nizomida belgilangan
batafsil ma’lumot https://wikimarafon.uz/blog/28/ sahifasida berilgan