Haydovçilik kursi xarajatlari uçun 3,2 million sömgaça subsidiya ajratiladi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 16–30 yoşdagi aʼzolari haydovçilik kursida öqiş xarajatlari uçun 8 bazaviy hisoblaş miqdorigaça, yaʼni 3,2 million sömgaça subsidiya söraşi mumkin.

Subsidiya “A”, “B”, “D” yoki “DE” toifalaridan biri böyiça haydovçilik kursida öqiş xarajatlari uçun ajratiladi. Undan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 16 yoşdan 30 yoşgaça, yaʼni 31 yoşga tölmagan aʼzolari foydalanişi mumkin.
Ariza maʼqullansa, subsidiyaning 50 foizi 7 iş kuni içida şartnoma asosida bevosita avtomaktab hisobiga ötkaziladi. Qolgan 50 foizi ariza berilgan kundan boşlab 1 yil içida milliy haydovçilik guvohnomasi olingan taqdirda fuqaroning ijtimoiy kartasiga ötkaziladi. Subsidiya bir şaxsga faqat bir marta beriladi.
Ariza Davlat xizmatlari markazi, my.gov.uz portali yoki Yoşlar yagona elektron platformasi orqali topşiriladi; elektron ariza my.gov.uz/uz/service/1365 sahifasida qabul qilinadi. Huquqiy asos — Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori.



